#Ochiq_dars
Ta'lim muassalarida ijodiy muhitni yanada rivojlantirish, yoshlarning sohaga qiziqishini oshirish va pedagoglar faoliyatini yuzaga chiqarish maqsadida Madaniyat vazirining 26.09.2025 yil 456-son buyrug‘i ijrosi "IJOD MASKANI" turkum tadbirlari hamda mahorat darslarini amalga oshirish amalda.
Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'ining 2025-yil 14-noyabrdagi 72-son buyrug‘i bilan "Xorazmda Madaniyat ta‘limi oyligi"doirasida 2025 yilning 5-dekabr kuni Urganch tumani 11-son bolalar musiqa va san'at maktabi dutor sinfi o‘qituvchisi M. Sharipova 3-sinf o‘quvchisi Abdurahmanova Sevinchoy bilan "Dutor ohanglari" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Dars davomida o‘tilgan M. Maxmudov "Tulpor, " Kulikov "Raqs" va G‘. Ro‘ziboev "Feruza" kuylari takrorlandi. Yangi F. N. Vasilev "Dilxiroj" kuyi o‘rganildi va tahlil qilindi.
Darsni kuzatgan o‘qituvchilar o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.



Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











