Bir guruh faol rahbarlar taqdirlandilar!
Xabaringiz bor 2025-yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Xorazmda “Madaniyat ta’limi oyligi” o‘tkazildi.
Mazkur ta'lim oyligi doirasida faol ishtirok etgani, ta’lim sifati va madaniy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun boshqarma tasarrufidagi ta'lim muassasalar rahbarlari munosib taqdirlandilar.
Shu jumladan, bizning Urganch tumani 11-son bolalar bolalar musiqa va san'at maktabi direktori I.Masharipov boshqarma boshlig‘i hurmatli G‘. Eshchanov tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu taqdirlash marosimi madaniyat ta’limi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan rahbar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga munosib baho berish hamda kelgusida yanada samarali ishlashga ruhlantirishga xizmat qiladi.





Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











