Urganch shahrida zamonaviy madaniyat markazi binosi foydalanishga topshirildi.
Qutlugʻ bayramlar arafasida Urganch shahrida zamonaviy madaniyat markazi binosi foydalanishga topshirildi. Markazning 300 oʻrinli tomoshalar zali, ovoz yozish studiyasi, toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazish va repetitsiya xonalariga eng soʻnggi rusumdagi texnik vositalar oʻrnatilgan boʻlib, sanʼat ahlining erkin ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Markazning ochilish marosimida soʻzga chiqqan viloyat hokimi Joʻrabek Raximov, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 1-oʻrinbosari Avazxon Tojixonov bugungi kunda madaniyat va sanʼatga berilayotgan eʼtibor haqida toʻxtaldilar. Yangi madaniyat markazi xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarimizni sanʼatga oshno etishda muhim oʻrin tutishi, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar har bir ijodkorni yangi yutuqlar sari ilhomlantirishini taʼkidladilar.
Ushbu tantanada Urganch tumani 11-son BMSM tasviriy va amaliy sanʼat yo‘nalishi o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
https://t.me/BMSM11sonkanali







Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
#Seminar26-11-2025, 14:31
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi ijodkorlari Xitoyda gastrol safarida bo‘lishdi4-04-2025, 10:57
#Tabriklashingiz_mumkin31-03-2026, 16:29
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi choralar ma’lum qilindi3-08-2023, 11:34
16 ta tuman-shahar hokimlarining 1-o‘rinbosarlari lavozimidan olindi3-08-2023, 11:33











