Xorazmda "Ko'hna voha ohanglari" teletanlovi bo'lib o'tdi.
2026 yilning 15–16-yanvar kunlari Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda “8 TV” telekanali hamkorligida “Ko‘hna voha ohanglari” teletanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda Urganch tumani 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi anʼanaviy xonandalik yo‘nalishi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishib, munosib taqdirlandilar.
️O‘quvchi Hasanova Raxima 3-darajali diplom bilan o‘qituvchi Abdukarimova Surayyo faol ishtiroki uchun diplomlarni qo‘lga kiritishdi.
️ Mazkur teletanlov milliy musiqa san’atini rivojlantirish, qadimiy an’analarimizni asrab-avaylash hamda iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar milliy musiqa yo‘nalishida o‘z mahoratlarini namoyon etib, hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Teletanlov yuqori saviyada o‘tkazilib, tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.






Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











